Gaplarimdan ko'ngling og'ripti,
Og'rimasin ataylab aytdim.
Yig'lamagin og'rinib kuyib,
Atay kettim ustingdan kulib.
So'ramagin kelma ortimdan,
Sababini ayta olmayman.
Sen shunchaki hayirlashda ket,
Men sevgim deb kurasholmayman.
Onang aytti o'rningni bilgin,
Baland dorga osilma o'g'lim.
Boshdan oyoq qaradi kulib,
G'ururimni sindirdi bilib
Yonginangdan jilmaydim kettim,
Uyga kelib kuyib yig'ladim.
Lanat aytib molu davlatga,
Sof sevgimni so'yib tashladim.
Aybim nima seni sevganim,
Pulga mehr olib bo'larmi.
Aybing nima zebu zarlarmi
Arzon bo'lib arzimadimmi.
Senga nima yetmadi yana,
Hurmat obro' toza muhabbat.
Yoki qasr shohona hayot,
Menda u yo'q berolmadim
Kuyib kettim kulgichlaringdan kulganingda ko'zimga qarab,
Qarab qolding ortimda yig'lab kechir mani kurasholmadim.
|