1-Kuplet:
Olamda o`zgarish bor, lekin qalbimda bir hol
Yurakda bir fasl qish, har bir ishda malol
Azali yo`q hamda ohiri ko`rinmas yo`l, lim zulmu zavol
Istak sari hayotimning tarkibidagi, dardu g`am bilan
Arang qo`zg`alaman manzillaringa,
Yarim qalb o`ksigan ko`ngil bilan intilaman visolinga
Ko`zlarimning teranligida o`zga sayora
Unutdim qay zamon qaysi vaqt
Harakatim soddai rasvo bo`lish davogarligida
Bilaman ki na bir taht na bir baht bor maning uchun o`zingsiz
Yozdim man kuydim ham yuz parchaga bo`lindim
Butun umr izlaganim uchun ham, nimani ko`rsam ham uni o`zing deb bildim.
2-Kuplet:
Har vaqti sahar uchrashgani tayyor turaman
Beor bedor va beozor so`zlagin aniq muntazirman
Man o`zim deb emas, o`zingni deb yashayman
Har vaqti sahar ko`zdan oqqan tomchilarimni sanab kaftimga tavbalarimni chorlab
Oqaman suv kabi behol, bir qarab kuydiradigan zar nazaringni tilab
Hayollarimdan o`tadi ming hil sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hodisa
Qalam yozar kunduzu oqshomimdagi nolalarimni, maning misoli qalandar
Hayotim dunyoning orzu havaslaridan holi bo`lgan bir g`amgin asar
Negadir eshtilmaysan, bemor holimni so`ragani keldi hamma
Faqat o`zing kelmading holimni so`rab, nega?
3-Kuplet:
Vaqt o`tar ketar, ko`zlarim bedorligi bo`yi tonglarim otar
So`zimda bugunda faqat g`amginlik, bo`sini borida borida negizi cheksiz mamnunlik
Talpinaman yorib ko`pdan ko`pi kamida jami son sanog`i yo`q to`siqlarni
Topaman deb surdim qo`llarim bilan bulutlarni, topdim faqat yulduzlarni
Undan ortig`i emas, mayli gardanimga ilinsin olamlar og`irligi
Man ahir roziman jamoling bo`sin evaz, esim pas emas
Faqat yolg`izlikdan ba`zi tomim ketar, nari borsa holim battar
Iltimos qilaman qo`lim tinmay yozgan hatlarimga to`htamay chorlaganimga
Or qilmay so`ragan so`rog`imga, rasvoligimdan o`tib nazar sol, nazar sol.