Zanjirlarni uzib, xayolingni buzib, Yomg'irdek yo'lingga to'kilaman. Vayron etib qalbing, egallab yuraging, Yoningda aylanib o'rgilaman,
Yurma demagin meni ortimdan, Poylama ema yo'llarim. Kirib borarman seni ko'nglingga Hadya etgani muhabbatim.
Naqarot:
Sendair jonim ishqim davosi, Sendadir jonim hayot ma'nosi. Umrimning tilagi, orzusi - Yolg'iz o'zong, yolg'iz o'zing.
Sevaman demaysan, mehringni bermaysan, Ko'z yoshim to'kasan, bag'ritoshsan. Tunlari quyoshdek, olovli otashdek, Yondirsam - sen bardosh berolmaysan.
Sog'indim desam - yuzing burmagin, Sendan o'zgani sevolmasman. Ketmagin desam - hayron bo'lmagin, Sensiz bir zum ham yasholmasman.
|