Seni bir ko'rmoqqa, zor bo'ldi ko'ngil
Visoling sog'inib, hor bo'ldi ko'ngil
Avjida uzilgan tor bo'ldi ko'ngil.
Muz bo'lsa eriydi, yonishlarimga
Bulbul tan berardi honishlarimga,
Zarra parvoing yo'q nolishlarimga.
Naqorat:
Bag'ritoshmikan gul ham shunchalar?
Olismikan yo'l ham shunchalar?
Vafodormikan qul ham shunchalar?
Yaprog'ida shabnam yig'lagan ey gul.
Endi aytolmayman, aytsin boshqalar
Mening so'zlarimga intiq tashnalar,
Yo dushmanlar aytsin, yoki oshnalar.
Muz bo'lsa eriydi, yonishlarimga
Bulbul tan berardi honishlarimga,
Zarra parvoing yo'q nolishlarimga.
Naqorat:
Bag'ritoshmikan gul ham shunchalar?
Olismikan yo'l ham shunchalar?
Vafodormikan qul ham shunchalar?
Yaprog'ida shabnam yig'lagan ey gul.