Muhabbatim rad etdingiz,
Garchi so'zlar mayin bo'ldi.
Shu mayin so'z ohangida,
Taqdirimiz tayin bo'ldi.
Sizga oson bo'ldi balki,
Ammo, bizga qiyin bo'ldi.
Bag'ringiz tosh ekan garchi,
So'zlaringiz mayin bo'ldi.
Naqorat:
Sizni deya-deya-deya oromim yo'q,
Sizni deya-deya-deya uyqum yo'q.
Sizni deya-deya-deya quvonchim yo'q,
Sizni deya-deya ko'ngil to'q.
Bu dardimni aytolmayman,
Begonaga, do'stga ham.
Ey, voh, bahor o'tmay turib,
Yetib keldik kuzga ham.
Sizga oson bo'ldi balki,
Ammo, bizga qiyin bo'ldi.
Bag'ringiz tosh ekan garchi,
So'zlaringiz mayin bo'ldi.
Naqorat:
Sizni deya-deya-deya oromim yo'q,
Sizni deya-deya-deya uyqum yo'q.
Sizni deya-deya-deya quvonchim yo'q,
Sizni deya-deya ko'ngil to'q.