Xijron yuking keting tashlab mendan kulib
Otash olgan vujudimni sen muzlatib
Lekin sevging cho'g' qalbimda qolmas so'nib
Muxabatim qo'yma men yolg'izlatib.
Netay dilim bo'laklarga bo'lolmadim
Yara bo'lgan yuragimni berolmadim
Osmoningda oydek tanxo bo'lolmadim
Muxabbatim qo'yma meni yolg'izlatib
Dovul ezgan maysa bugun jismu tanim
Bargdan tomgan shabnam ekan ul suyganim
Xolim ko'rib do'stim kuydi kuldi g'anim
Muxabbatim qo'yma meni yolg'izlatib
Jon sevgilim ketma meni zor qaqshatib
Muxabbatim keng osmmoni oyi bo'ldi
Qirg'oqlari erkalagan soyi bo'ldi
Endi esa aytmagayman sevgim so'ldi
Muxabbatim qo'yma meni yolg'izlatib
Jon sevgilim ketma meni zor qaqshatib
Muxabbatim xayotimga yor ekansan
Yuragimga vafo ko'nglim sen ekansan
Xayot tirik dunyoda ishq bor ekansan
Muxabbatim qo'yding meni kuy kuylatib
Jon sevgilim ketma meni zor yig'latib
Muxabbatim qo'yma meni yolg'izlatib