Seni qiynar azoblar, aldangan ko’ngling yig’lar
Ezardi seni o’ylab...
Bilasan umid yo’qdur, lekin umidvor qalbing
Daryodek kengdur darding...
Yor, bo’lolmadi u, do’st ham bo’la olmadi u,
Alam qilgani shu, do’st ham bo’la olmadi
Yor, bo’lolmadi u, do’st ham bo’la olmadi u
Alam qilgani shu, do’st ham bo’la olmadi u.
Dardingga qo’shib dardlar, ketdi u seni tashlab
Sen esa intizorsan, yig’laysan uni eslab
Oldingda ikki sohil, biri sensan, biri u
Lekin unga tutashmak juda og’ir mushkul
Yor, bo’lolmadi u, do’st ham bo’la olmadi u,
Alam qilgani shu, do’st ham bo’la olmadi
Yor, bo’lolmadi u, do’st ham bo’la olmadi u
Alam qilgani shu, do’st ham bo’la olmadi u.
Tashvishga ko’mma o’zingni, unutgin uni
Befoyda, uni ko’zlarida o’zingni izlash bari befoyda