G'amgin uyquda g'amgin tushlarim,
Hatto orqaga ketar ishlarim,
Isming muzlatar hatto tishlarim,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo'ldimmi?
Yoningga shoshib boraman har kun,
Sevgim aytmoqqa yuzinga bugun,
Nafasimda sen nega ne uchun,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo'ldimmi?
Bo'lib qolganman men hayolparast,
Seni sog'inching yuragimga qasd,
Sevgi sharobi qildi meni mast,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo'ldimmi?
Sen shodon hamon, parvoying falak,
Qalbimga qo'ngin go'zal kapalak,
Lekin bilaman hayoling halak,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo'ldimmi?
Qo'lim bormaydi qara bir ishga,
Bahorim hatto o'xshaydi qishga,
Dardim aytaman kelsa bir qushga,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo'ldimmi?
Seni ko'rmasam telba bo'laman,
Aqldan ozib yomon yonaman,
Yomon hayolga so'ng ergashaman,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo'ldimmi?
Sehrladingmi butun tanamni,
Tog'risini ayt har bir honamni,
O'zimga qaytar meni holimni,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo'ldimmi?
O'zimga-o'zim gapirib har kun,
Go'yo telbadek hayolim tutqun,
Shunday o'tadi qadrsiz bu tun,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo'ldimmi?
Biz Bilan Birinchi Bo'l
|