Bir aldading, ikki aldading mayli dedim indamay ko'zim yumdim,
Hech qaytmading, toba qilmading, yolg'onlaringni sabrlarga ko'mdim,
Yana boshlading yurak g'ashlading, o'zing bilmay meni o'tga tashlading,
Sen ko'rmading, parvo qilmading, qanchalar qiynaldim lekin sezmading.
Qani endi adolat,
Qani bizni muhabbat,
Senda bormi ko'ngil,
Gapir bo'lsa senda til,
Tushin yig'lamoqda dil,
Odamiyligingni bil,
Yoki senga farqi yo'q,
O'zinga qazima chog'.
Kech uxlaysan, erta turasan,
Bilmadim kimlar bilan yozishasan,
Mendan kechib, nimaga uchib,
Balki o'zgalar bilan sevishasan,
Men gapirsam seni tergasam,
Bezrayib menga jahllar qilasan,
Ko'zingni och yolg'onlardan qoch,
Mening ko'nglim senga emasku yog'och.
Sabr kosam to'lib bormoqda,
Kundan kunga dardlarim ortmoqda,
Jabr degan tuyg'u bor ekan,
Sog'inch degan pardani yirtmoqda,
Orzularim muzlab bormoqda,
Chora topolmay har bir so'qmoqda,
Lanat bilan xiyonat doim kechirmaymiz dep seni sokmoqda
Qani endi adolat,
Qani bizni muhabbat,
Senda bormi ko'ngil,
Gapir bo'lsa senda til,
Tushin yig'lamoqda dil,
Odamiyligingni bil,
Yoki senga farqi yo'q,
O'zinga qazima chog'.
Biz Bilan Birinchi Bo'l!!!
|