Uchrashgan edik biz bahor faslida
Umirbot birgamiz biz Jonginam derding
Atalgan eding sen menga aslida
Lekin azoblarga tashlading ketding...
Goh erkalarding, sevaman derding
Cheksiz bepayon osmonlarday
Taqdirim seni ravo ko'rganda
dunyoda sensiz aytgin netay
Senga bag'ishlangan hayotimdan ketding nega nega
Afsus orzularga yetmasmiz endi birga
Jonim bu go'zal vaslingni mangu asrayman yuragimda
baxt nasib etmadi ikkimizga ayt nega...
Qo'l ushlashgancha har kuni birga
Yulduzlarga boqqib orzu qilardik
Bunchalar beshavqat bu taqdir nega
Yurakdan so'ramay oson ayrdi
Telba dema meni telba emasman
Bor yo'gim bilan sevganman uni
O'zga tuyg'uni xech tan ololmasman
Yoqolsa hamki, hayot mazmuni...
Senga bag'ishlangan hayotimdan ketding nega nega
Afsus orzularga yetmasmiz endi birga
Jonim bu go'zal vasling mangu asrayman yuragimda
baxt nasib etmadi ikkimizga ayt nega...
Mana bugun yana keldim yoninga
Qo'limdagi gulni qo'ydim qabringa
Shunday ko'rkam paytin keldin shu yerga
Ikkimiz yozildik g'am kitobiga...
Orzuyim eding, armonim bo'lding
Xech kim bo'lolmas Jonginam senday.
Taqdirim seni ravo ko'rganda
Dunyoda sensiz aytgin netay
Dunyoda sensiz qanday yashay...