Yuragim bardosh berolmay, Ko'zlarimda yosh. Qo'llarim qalam usholmay, Ko'tarolmay bosh. Bemor bo'lgan yuragimga, Topolmay malham. Azobli kunlarin ko'rib, Ko'zlaringda nam.
Qo'llarim qo'linga yetmas, Hayoting alam. Orzular bekor ekanku, Yuragimda g'am.
Gunohim faqat men uchun, Seni sevganim. Armonlar o'tida yonib, Ko'rgan kunlarim. Senga bo'lgan tuyg'ularim, So'nmaydi nega. Derazang oldidan endi, Ketolmayman nega.
Qo'llarim qo'linga yetmas, Hayoting alam. Orzular bekor ekanku, Yuragingda g'am.
|