Zulayxo Boyxonova muhabbat va ko’ngil kechinmalari kechasidan!
2014-yil qish faslining so’ngi kunlari - 24-25-26 fevral
oqshomlarida "Istiqlol” san’at saroyi tomon oshiqayotgan odamlar oqimi muntazam
qalin bo’ldi. O’zbekiston xalq artisti, shirali, jozibali va eng muhimi
xonandaning o’zi ta’kidlaganidek yurakdan yuraklar uchun kuylovchi el
ardog’idagi san’atkor Zulayxo Boyxonova o’zining navbatdagi yakkaxon konsert
dasturini taqdim etdi. Har uchala kunda barcha o’rindiqlar asosan o’rta va
yoshi ulug’ muxlislar bilan to’lib toshdi. Konsertga kirolmay armonda qolganlar
ham kam bo’lmadi. Endi dastur haqida to’xtaladigan bo’lsak, Zulayxo opaga gap
yo’q, tayyorgarlik alohida va chin ko’ngildan ko’rilganligini zumda payqash
mumkin. Yana shuni ham aytish kerakki, konsert haqiqiy konsertdek bo’ldi. Ammo
kezi kelganda shuni ham aytish kerakki tashkilotchilarga bog’liq bo’lmagan,
ba’zibir atrofdagi kimsalarning loqaydligi ayrim ko’ngilni xira qiluvchi
vaziyatlarga bois bo’ldi. Xususan tashrif buyuruvchi ommaviy axborot vositalari
xodimlarining ro’yxati kirish eshiklaridagi mas’ul xodimlarga avvaldan taqdim
etilgan bo’lsada, ular ro’yxatda OAV vakillari yo’q ekanligini pasha qilib
anchagina mone’lik qilgandek bo’lishdi. Xayriyatki muammoga aql-hushimizni
joyiga qo’yib, "Yana bir bor qarangchi, bo’lishi kerak…” deganimizdan keyingina
yechim topdik. Afsuski bu pallada jurnalistlar uchun qiziq jabhalar,
tayyorgarligu repititsiya jarayonlari ortda qolgan, konsertga start berish
arafasida edi. Sahnada Zulayxo Boyxonova ilk qo’shig’ini kuylar ekan, xalq
tengma-teng olqishlab turishdi, qarsaklarning keti uzilmadi. Xalq artistining
o’zi esa kirish so’zida ko’ngil haqida bir chiroyli so’zladiki, asti
qo’yaverasiz, muxlislarning ko’nglini bir qad shod ayladi desak mubolag’a
bo’lmas. Boyxonova har bir ijro etiladigan tarona avvalboshida uning yaratilish
tarixi, kimning g’azali yoki she’ri ekanligini tilga olib, so’ng qo’shiqni
mohirona ijro etardi. Biroz o’tmay xonandaning hamkasbu shogirdlari tomonidan
guldastlar ulashila boshlandi. Zulayxo Boyxonova esa tashrif buyurgan
hamkasblarini tilga ola boshladfi: Gulsanam Mamazoitva, Yulduzxonim, Abdurashid
yo’ldoshev, Hosila rahimova, … biroz tanaffus va ajib taajjubdan so’ng: Ozodbek
Nazarbekov! Zal hayqirib yubordi. Zulayxo opa ham boshqacha tonda, kutmagandek
Ozod-akaning nomalrini tilga oldilar… Xullas, iliq mehr-muhabbat og’ushida
konsert davom etar ekan, yana ba’zi kamchiliklarga ko’z yumolmay qalam ostiga
olsihga majburman. Nega chiroqdan unumli va maqsadli foydalanishmaydi aksariyat
konsertlarimizda? Ushbu dasturda ham chiroqlar bilan yaxshi ishlanmagani yaqqol
ma’lum, konsertning yarimigacha esa ikki tarafdan tomoshabinlarning ko’zini
cho’tlab chiroqlar yoroilganligi ko’pchilikning g’ashiga tegdi. Sahnadagi katta
monitor boshqaruvchilarini aytmaysizmi? Hali klip kechikadi, hali tasvir
qochadi, hali kadr o’rtada yo’qolib yana gup etib paydo bo’ladi. Nazarimda
yonimdagi muxlislarning biri tomonidan bildirilgan "Bunaqa monitorning
bo’lganidan bo’lmagani yaxshi edi” degan mulohaza anchagina haq edi. Ammo aynan
ushbu monitorda ayrim kliplarning qo’shiq bilan bir vaqtga namoyshga
qo’yganligi aksaryatga manzur bo’ldi. Xususan yodingizda bo’lsa konsertdan bir
muddat oldin Zulayxo Boyxonovaning "Olcha gulim” qo’ig’iga ishlangan klip
syomka jarayonidan reportaj tayyorlagan edim. Yosh va qobiliyatli aktyor Sharof
Sharapov ishtirokidagi mazkur klipning tayyor varianti ham ekranda namoyish
etildi va barcha tomonidan iliq kutib olindi. Zulayxo Boyxonova konserti
davomida O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidoving Ogahiy misralarini sharh
etganliklarini yodga oldi, aynan shu misralar ishtirokidagi qo’shqini ham
mahorat bilan ijro etdi. Uchta qizil, ko’k va qora ko’ylaklarda sahnaga chiqqan
xonanda chiqishlarining birida libosini sahnada to’g’irlab olganligini
aksariyat payqashmagan bo’lsada, xonandaning ozi miyig’ida kulib buni bildirib
qo’ydi. Darvoqe, barcha guldastalarni zaldan uzatgan bo’lsa O’zbekiston xalq
artisti G’ulomjon yoqubov ichkaridan, sahna tomonidan guldasta bilan chiqib
keldi va shirin tabrikni ham ilova ayladi. Zulayxo Boyxonova yana bir chiqish
e’lonida O’zbekiston xalq artisti, professor Abduhoshim Ismilovni sahnaga
taklif etdilar. Boyxonovaning ustozlari sanalgan Abduhoashim aka g’ijjakda
shunchalar ajoyib ijroni taqdim etdilarki, yozgan bilan ta’riflay olsam o’lay
agar! O’zbekiston xalq artisti Erkin Komilov ham "Ona” mavzusidagi monologni
shunchalar mahorat bilan ijro etdiki… Rahmat, ustoz! Shundan so’ng Zulayxo
Boyxonovaning "Ona” va "Ayol” mavzularidagi qo’shiqlari ijro etildi.
Sahnalashtirilgan raqslarga ham gap bo’lishi mumkin emas, kimlarning mhnati
yotgan bo’lsa alohida e’tirofga loyiq! Har bir raqsdan keyin Zulayxo-opa
"Rahmat, qizlar” deb raqqosalarga dalda bo’lib turdilar. Konsert davomida qoyil
qoladigan yana ko’plab jihatlarning guvohi bo’lish mumkin edi. Ayniqsa Zulayxo
boyxonovaga odat bo’lib qolgan ajib qo’l harakatlariyu mimikalar shular
jumlaisdandir. Xullas bus afar ham Zulayxo Boyxonova asl milliylik va ko’ngilga
yaqin qo’shiqlari bilan yana bir bor el olqishig’iga sazovor bo’ldilar. Opajon,
tabrigimzini qabul aylang, ijodingiz bardavom bo’lsin!