O‘zbekiston estradasida faoliyat yuritayotgan “Ziynat” guruhi qizlari moldovalik xonanda Kleopatra Stratanning Număr până la unu qo‘shig‘ini o‘g‘irlab kuyladi. Bu haqda Canal3.md telekanali xabar bermoqda.
Qo‘shiq muallifi, xonandaning otasi Pavel Stratan ijtimoiy tarmoqlardan biridagi sahifasida bu masalani ko‘tarib chiqib, o‘zbekistonlik ijodkorlarni plagiatda aybladi. Uning do‘stlari “Ziynat” guruhini sudga berishni maslahat qilishdi.