Zidan Martin Edegorni asosiy tarkibdan olib tashladi
“Real Kastilya” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan norvegiyalik yarimhimoyachi Martin Edegorni asosiy tarkibdan olib tashladi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Bosh murabbiy 16 yoshli futbolchining 5 kun “Real”ning asosiy tarkibi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazib, faqat o‘yin kuni yoshlar jamoasiga qo‘shilayotganidan norozi. Zidanning fikriga ko‘ra, bu futbolchining jamoadoshlari bilan kelishib o‘ynashiga halal bermoqda.
Shuningdek, “Real Kastilya” o‘yinchilari ham futbolchining harakatlaridan norozi ekanini ma’lum qilgan. Ular Edegor faqatgina asosiy jamoa tarkibida to‘liq kuch bilan mashg‘ulot o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, “Real Kastilya” Edegor o‘ynagan to‘rtta o‘yinda mag‘lubiyatga uchrab, futbolchi zaxirada qolgan ikki uchrashuvda g‘alaba qozongan.