«Oyijon» — Zamzamaning yangi qo’shig’i shunday nom oldi va bu doim kuylanayotgan onalar mavzusidagi qo’shiq emas. Bu qo’shiq zamirida noan’anaviy mavzu yotibdi. Qo’shiqda yoshlarning onalariga o’z sevgi-izhorlarini, kimnidir sevishlarini oriat qilib, uyalib ayta olmasliklari haqida mavzu ko’tarilgan.
Mazkur qo’shiq uchun ayni damda klip suratga olinmoqda va ushbu klip g’oyasi Zamzamaning prodyuseri Charos, klip rejissori Dilmurod Agzamov hamda Zamzamaga tegishli. Klip 2 kun davomida suratga olindi. Suratga olishning 1-kuni «O’zbekfilm» pavilionida qurilgan maxsus dekoratsiyada bo’lib o’tdi. 2-kuni esa klipning voqeaviy sahnalari suratga tushirildi. Yaqin kunlarda klip prem’erasini ham o’tkazib yubormang.