Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Choli Qushi-soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Ishq Ertagi - Title sound
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Tabib-soundtreck (koreya)
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Zalga chiqmasdan mushaklarni mashq qildirishning 7 usuli


Sportzalga borishga imkoningiz yo‘qmi? Unda ushbu maqola aynan siz uchun. Quyidagi mashqlarni siz istagan yerda, istagan vaqtingizda bajarishingiz mumkin.

Bog‘ichlarni bog‘lang
Tasavvur qiling, poyabzalingizning bog‘ichlarini bog‘lashingiz kerak. Ularni bog‘lash uchun o‘rindiqqa o‘tirib olmang. Aksincha, biror narsaga suyaningda, tizzani ko‘krakka tomon ko‘targancha bog‘lashga harakat qiling. Bu holatda umurtqa pog‘onasini to‘g‘ri ushlang. Ushbu mashq qorin va bel mushaklarini zo‘riqtiradi.

Oyoq uchida yurish
Uy yoki ofis ishlarini yurib bajarishga to‘g‘ri kelsa, oyoq uchida qadam tashlashga harakat qiling. Shu orqali siz dumba, boldir mushaklarni mashq qildirgan bo‘lasiz.

Press to‘rtbukchaklarini zinadan ko‘tarilib-tushish orqali ham chiqarish mumkin
Zinadan ko‘tarilib-tushish orqali ko‘pgina jismoniy harakatlarni bajarsa bo‘ladi. Masalan, pressni olaylik. Buning uchun zinadan ko‘proq tushishga harakat qiling. Liftlardan uzoqroq yuring, yuqori qavatlarga aynan zinada ko‘tarilish kerak bo‘ladi.

Yelkalarni bo‘shashtiring
Yurish vaqtida yelkalarni bo‘shashtirishga harakat qiling. Qorin mushaklarini esa zo‘riqtiring. Bu press to‘rtbukchaklarini chiqarishga yordam beradi. Qon-tomirlar bo‘shashib, qon aylanishini yaxshilanadi. Shu holatda yurishga harakat qilsangiz, kechga tomon bo‘yin og‘rig‘idan aziyat chekmaysiz.

Katta-katta qadamlar
Qadamlarni kattalashtirish son mushaklarini “ishlatadi”. Boldir mushaklari ham mashq qilishda chetda qolmaydi. Qolaversa, katta-katta qadam tashlab yursangiz manzilingizga tezroq yetasiz.

Kerakli qog‘ozlarni o‘zingizdan yiroqroqda tuting
Muhim qog‘ozlarni ish stolidan uzoqroqda, imkoni bo‘lsa, pastroq joyda saqlasangiz ularni olish uchun o‘rningizdan turishga majbur bo‘lasiz. Qarabsizki, o‘zingiz bilmagan holatda o‘tirib-turasiz. O‘tirib-turish mashqi tos va oyoqlarda qon aylanishini yaxshilaydi.

Tovonni bosmaslik
Bugun ko‘p yurishingiz kerakmi? Butun oyoq kaftingizni yerga qo‘ygancha qadam tashlamaslikka harakat qiling. Avvaliga barcha tana og‘irligini tovonga, ana undan keyin oyoq uchiga o‘tkazgancha qadam tashlab yursangiz, tos va oyoq mushaklari ko‘proq zo‘riqadi. Ularning faoliyati yaxshilanadi, qon aylanishi tezlashadi.



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 2530 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 7 usuli, mushaklar, mashq qildirish, Zal, chiqmasdan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное