Yunusobodda shaxsiy uydan tilla buyumlar o'g'irlab ketildi
Yunusobodda shaxsiy uydan tilla buyumlar o'g'irlab ketildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, Mahliyo ismli ayolning uyiga noma'lum shaxs bostirib kirib, 335 ming so'm, 50 dollar pul va 5 turdagi zargarlik buyumlarini o'g'irlab chiqib ketgan.
O'tkazilgan tekshiruvlar davomida jinoyatchi tezda qo'lga olingan. O'g'ri asli samarqandlik 21 yoshli Vohidjon ismli yigit bo'lib chiqqan.