Yerni 22–24 fevral kunlari kuchli magnit bo‘roni qoplaydi. Bu haqda “Unian” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2022-yil bahori ham magnit bo‘ronlari bilan boshlanadi. Jumladan, 3-mart kuni faollik kam bo‘ladi, 4-mart kuni esa magnit bo‘roni kuchayadi. Keyingi Quyosh faolligi 11- va 12-mart kunlari kuzatiladi.
Magnit bo‘roni inson organizmiga qanday ta’sir qilishi mumkin?
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, magnit bo‘ronlari, hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 16-yanvarda kutilayotgan “qizil” darajadagi bo‘ronlar hatto elektr nosozligi va aloqa muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Magnit bo‘ronining salbiy ta’sirining eng keng tarqalgan ko‘rinishlari quyidagilar:
- bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;
- uyqu buzilishi;
- diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;
- qon bosimning buzilishi;
- surunkali kasalliklarning kuchayishi;
- tana og‘rig‘i, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riqlar;
- ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynish;
- holsizlik hissi.
Mutaxassislar bu kunda inson salomatligidagi o‘zgarishga qarshi kurashish uchun quyidagilarga amal qilishni so‘ragan:
- yog‘li, achchiq ovqatlar iste’mol qilmaslik;
- spirtli, energetik ichimlik va qahvani ichishni cheklash, bunday ichimliklarni ko‘k choy bilan almashtirish;
- kechqurun kontrastli dush qabul qilish;
- bir hil vaqtning uxlash;
- kamroq asabiylashish;
- ochiq havoda ko‘proq vaqt o‘tkazib, piyoda yurish.