Toshkent shahrining Yashnobod tumanida kelib chiqqan mushtlashuv qon to'kilishi bilan yakunlandi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.
To'polon tumandagi tungi klublardan birida kelib chiqqan. Janjal ishtirokchilarining bari mast bo'lgan. 1978 yilda tug'ilgan Anton Barsukov rafiqasi va qizchasi bilan birgalikda ovqatlanib o'tirganiga qaramay, ko'p aroq ichib yuborgan, natijada o'zini bilmay qolgan.
Bir muddatdan so'ng u shu muassasada tamaddi qilib o'tirgan Alijon Abdusamatov bilan tortishib qoldi. Ta'kidlanishicha, mast Barsukov kiyimlarini echib olib, raqsga tusha boshlagan. Muassasaga qizi bilan tashrif buyurgan Abdusamatov uni tartibga chaqirgan. Buning oqibatida mushtlashuv kelib chiqqan.
Barsukov, raqibiga kuchi etmagach, qo'liga pichoq olib, u bilan Abdusamatovga jarohat etkazgan. Voqea joyiga etib kelgan militsiyachilar uni to'xtatib qolib, olib ketishgan. Abdusamatovga esa o'z vaqtida tibbiy yordam ko'rsatilgan.