Yaponiyaning eng keksa ayoli 115 yoshida vafot etdi
Yaponiyaning eng keksa ayoli 115 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kyodo nashri mamlakat sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga tayanib xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishicha, ayolning ismi uning oila a'zolari iltimosiga binoan sirligicha qoldirilgan.
U dunyoda eng uzoq ko'rgan rasmiy fuqaro sanalmoqda. Marhumdan keyin endilikda bu nomga Nabi Tadzimani ega chiqmoqda. 1900 yilning 4 avgustida tavallud topgan Tadzima Kagosimada istiqomat qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, oldinroq o'zbekistonlik 134 yoshli To'ti Yusupova hayotdan ko'z yumgani haqida xabarlar tarqatilgan, biroq noma'lum sabablarga ko'ra bu rekord sifatida qayd etilmagandi.