Yangi yaratilgan messenjer jo'natilmagan xabarlarni ko'rishga imkon beradi
3 yanvarda AppStore dasturlar do'koniga chiqariladigan Hiboo messenjeri suhbatdoshining xabarini uning jo'natilishigacha ko'rish imkonini beradi. Ayni vaqtda dastur sinov bosqichida turibdi, bu sinovga messenjer yaratuvchilari saytiga yozilib, ishtirok etish mumkin.
Dastur foydalanuvchilari real vaqtda “Xabarni terayapti ...” yozuvi o'rniga suhbatdoshi xabarni terayotgani va uni jo'natishdan avval to'g'rilayotganini kuzata oladilar. Dastur yaratuvchilaridan birining aytishicha, uning jamoasida Hiboo’ni yaratish g'oyasi Londondagi TechCrunch Disrupt anjumani vaqtida paydo bo'ldi. Ayni vaqtda dastur faqatgina smartfonda ishlaydi, dasturchilar uning kompyuter versiyasini yaratishni rejalashtirmayaptilar.