Toshkentda 27 may kuni namoyish qilingan yangi Chevrolet Nexia avtomobilining preyskuranti ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. T250 platformasi bazasida bunyod etilgan V sinfiga mansub ixcham sedan O‘zbekistonda 1996 yildan buyon sotib kelinayotgan (2008 yilda yangilangan Nexia 2 chiqarildi) Nexia o‘rnini egallaydi.
Yangi model MDH davlatlaridan tashqari, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga import qilinadi.
Nexia-3 modelining ulgurji narxi 35,8 million so‘mdan boshlanadi (standart modifikatsiya). Yarim lyuks (51,4 million so‘m), yuqori pozisiya (58,6 million so‘m).
GM Uzbekistan hozircha yangi avtomobilning narxini rasman e’lon qilmagan.