Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Yangi “Lyudi Iks” endi Rosomaxasiz bo‘ladi

Marvel Studios kino olamida debyut qilishi kutilayotgan superqahramonlar jamoasi – “Lyudi Iks”ning yangi tarkibi ma’lum qilindi. Yangi jamoa qahramonlari shu paytgacha taqdim qilingan kino franshizada qatnashgan yulduzlardan iborat, ammo ular orasida notanish va yangilari ham bor. Demak, tarkib Bo‘ron, Siklop, Xavok, Tungi ilon, Jin Grey, Bo‘ron xabarchisi va Quyoshli olov kabi superqahramonlardan iborat.

Yangi tarkib bilan tanishing
Ulardan aksariyati “Lyudi Iks” franshizasi orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish. Biroq ular qatorida Bo‘ron xabarchisi qahramoni hozircha yangi! Yangi afsonaga ko‘ra, Jon Praudstar hindular qabilasidan chiqqan va g‘ayrioddiy kuchga (tezlik va chidamlilik) ega bo‘lgan. Shuningdek, ushbu qahramon zo‘r iz oluvchi ham. Bu personaj katta kinoda hali ko‘rinmagan bo‘lsa-da, u “Qobiliyatlilar” filmi orqali tomoshabinga tanish bo‘lgan. Bu serialda personajni aktyor Bler Redford ijro etgan edi.
“Quyoshli olov”ga keladigan bo‘lsak, u yaponiyalik mutant bo‘lib, Xirosimadagi atom bombardirovkasidan keyin dunyoga kelgan. Qahramon avvaliga AQShni yomon ko‘rgan va “Lyudi Iks”larga qarshi kurashib kelgan. Ammo oqibatda o‘zining ularga o‘xshashligini tushunib yetadi va ularga qo‘shiladi. Mazkur qahramonning super kuchi uning quyoshli radiatsiyani o‘ziga yutib, uni olovli plazmaga aylantira olishidir. Bu plazma kislorod bilan kontaktga kirishib, oqibatda yonib ketadi. Uning infraqizil nurlarga egaligi ham maxsus himoya maydonini yaratishga yordam beradi.
So‘nggi superqahramonlar haqidagi kinofranshiza 2019-yilda e’lon qilingan va katta omadsizlikka sababchi bo‘lgan. Aktyorlar guruhi kuchli bo‘lishiga qaramay “Lyudi Iks: Qora Feniks” filmi tanqidchilarni qoyil qoldirmagan va keyinchalik yilning eng zararli kinokartinasi, deb atalgan. Tez orada “Yangi mutantlar” filmi premyerasi e’lon qilinishi kerak. Marvel Studios hali “Lyudi Iks”ga aloqador muayyan rejalarni taqdim qilganicha yo‘q. Ammo xabarda aytilishicha, yangi kinokartinada sobiq “Lyudi Iks”lar qatorida Xyu Jekman – Rosomaxa ishtirok etmaydi. 
Ma’lumot o‘rnida
“Lyudi Iks” (X-Men) g‘ayrioddiy kuchga ega mutant odamlardan iborat fantastik filmlar seriyasidir. Film syujeti Marvel Comics kompaniyasi komikslariga asoslanadi. Yangi qahramonlar ishtirokidagi film “Yangi mutantlar” premyerasi 2020-yilning 3-aprelida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab noma’lum muddatga qoldirilgan.
 


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3100 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Lyudi Iks, Rosomaxasiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное