Yangi avlod Malibu’si ham benzin, ham elektr dvigatelida harakatlanadi
Yangi avloddagi Chevrolet Malibu sedani Volt elektromobilining ishlash moslamalariga ega gibrid versiyasi ham chiqariladi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”.
Quvvat moslamalari tarkibidan 1,8 litrli benzinli dvigateldan tashqari Volt elektromotori hamda 1,5 kilovatt/soat quvvatga ega litiy-ion batareyalar to‘plami o‘rin oladi. Ularning umumiy quvvati 182 ot kuchini tashkil etadi.
Faqatgina elektromotor ishlab turganda Malibu 86 kilometr/soatgacha tezlikda harakatlana oladi, yuqori tezlikda esa benzinli dvigatel qo‘shiladi. Qo‘shma rejimda Malibu 100 kilometrga 5,2 litr benzin sarflaydi. Shuningdek, to‘xtash vaqtida yig‘iladigan energiyani saqlab olish tizimi ham qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, Chevrolet yangi avloddagi Malibu avtomobillarida o‘smirlarning harakatlarini ota-onalarga yetkazib beruvchi tizim o‘rnatilishini ma’lum qilgan edi.