“Yandeks” ish qidirish uchun mo‘ljallangan mobil dastur chiqardi
“Yandeks.Rabota” servisi mobil dastur bilan boyidi, deya xabar bermoqda“Rossiyskaya gazeta”.
Dastur butun Rossiya bo‘ylab 400 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlarini jamlaydi. U bir qator taniqli rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda yaratildi.
Internet orqali ish qidirishdan farqli ravishda, dastur rezyume yozish va uni yuborish talabini qo‘ymaydi: o‘zingizga mos vakansiyani topgach, shu zahotiyoq ish beruvchiga qo‘ng‘iroq qilish va uchrashish haqida kelishib olish mumkin.