Premyerasi Navro‘z ayyomiga rejalashtirilgan “Yana mahallada duv-duv gap” filmining ilk tizeri e’lon qilindi, deb yozadi “Darakchi.uz”Ma’lumotlarga ko‘ra, Dono Productions kinokompaniyasi tomonidan Shuhrat Abbosov rejissorligida olti oy davomida suratga olingan mazkur film ssenariysi besh yil davomida yozilgan. Kinokartina postanovkachi rejissorlari sifatida Shuhrat Abbosov va Nozim Abbosovlar ishtirok etgan. Ssenariy muallifi — Shoira G‘iyosova.
Kinofilmning asosiy voqealari Farg‘ona viloyati (Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlari, Rishton, O‘zbekiston tumanlari) va Toshkent shahrida tasvirga olingan bo‘lib, unda 100 ga yaqin personaj qatnashgan.
Filmda bosh qahramon rolini Dilbar Ikromova, uning uch o‘g‘lini – yosh aktyorlar Erkin Bozorov, Sur’at Islomov, Abbos Ibragimovlar gavdalantirgan.
Aktyorlar jamoasi tarkibida Husan Sharipov, Gulchehra Jamilova, Muqaddas Holiqova, Muyassar Berdiqulova, Madina Muxtorova, Valijon Shamsiyev, Dilshodbek Kattabekov, Mohira Nurmatova, Shodiya To‘xtayeva, Shirin Ismoilova, Laziza Nozimxonova, Zebiniso Holiqova, Kumush O‘ktamova kabi o‘nlab ijodkorlar bor.