Xorij kompaniyasi Xo‘ja Nasriddin haqidagi filmni O‘zbekistonda suratga oladi
“Enjoy Movies” kompaniyasi O‘zbekistonda “Xo‘ja – Sharq xo‘jayini” deb nomlangan filmni suratga oladi. Bu haqda kinokartina prodyuseri Georgiy Malkovning so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
“Gap Osiyo dostonlari asosidagi Xo‘ja Nasriddin filmi haqida bormoqda. Loyiha jahon miqyosidagi filmga aylanishi ham mumkin”, – dedi Malkov.
Aprel oyida prodyuser O‘zbekiston madaniyat vaziri bilan uchrashuv rejalashtirgan. Sababi filmning asosiy qismi suratga O‘zbekistonda suratga olinadi.
“Bosh rolni o‘ynash uchun mashhur aktyor taklif etiladi”, – deb qo‘shimcha qildi prodyuser.