Mahoratli sozanda va xonanda, o‘zbek mumtoz kuy va
ashulalarining mohir ijrochisi Feruza Ochilova Germaniyadagi xalqaro loyihadan
taklif oldi. Bu haqda Classic
Music of Uzbekistan ma’lumotiga asoslanib "Kun” nashri xabar berdi.
Xabar
berishlaricha, 8-fevral kuni Germaniyaning Halle shahridagi Opera uyida bo‘lib
o‘tadigan konsert dasturida Feruza Ochilova ham xonanda, ham sozanda sifatida
ishtirok etadi.
Women in
Jazz tomonidan tashkil etilayotgan konsert dasturida Feruza Ochilova
Afg‘oniston, Eron, Livan, Bolgariya, Polsha, Germaniya kabi mamlakatlarning
san’atkorlari bilan bir guruhda ham sozanda (doira va dutor kabi cholg‘u
asboblarida kuy ijro etadi), ham xonanda sifatida ishtirok etadi.
Ma’lum
bo‘lishicha, 3—7-fevral davomida konsert repetitsiyasi o‘tkaziladi va
xohlovchilar tayyorgarlik jarayonini jonli kuzatishlari mumkin bo‘ladi.
Eslatib
o‘tamiz, Feruza Ochilova 2013-yilning noyabr oyida Germaniyada ijodiy safarda
bo‘lib, jamoasi bilan birga 10dan ortiq konsertlar namoyish etgan edi.