Xonanda Sogdiana yana sahnaga qaytishi haqida o‘zining
shaxsiy saytida xabar bergan.
Men uchun juda muhim bo‘lgan yangilikni sizga yetkazishni
sabrsizlik bilan kutyapman. Biz qo‘shiq chiqishini kutib, so‘nggi
daqiqagacha buni sir tutishga harakat qildik. Ammo barchasi o‘z vaqtida
bo‘lishi kerak. Do‘stlarim, men yana siz bilan birgaman! Hozir o‘zimning
hissiyotlarim, quvonchimni ifodalashga qiyinchilik bilan so‘z topyapman, — deb
yozgan Sogdiana.
Sogdiana o‘zining xabarida avvalgi jamoasi bilan yana birga
ishlayotgani va tez orada "Chaqmoq” ("Molniya”) qo‘shig‘i chiqishini ma’lum
qilgan. Shuningdek, ushbu ashulaga klip suratga olishga tayyorgarlik
ko‘rayotganini ta’kidlagan; yana gastrollarga chiqishni boshlaganini qo‘shimcha
qilgan.