Xitoyda China News Service yangiliklar agentligining 4 nafar xodimi mamlakat rahbari Si Szinpinning Yoxannesburg shahrida qilgan chiqishi to'g'risidagi xabarda xatolikka yo'l qo'yilgani uchun ishdan haydaldi. Bu haqda China Topic xabar tarqatdi.
Xabar qilinishicha, agentlik xodimlari "Xitoy rahbarining nutqi" iborasi o'rniga "Xitoy rahbarining iste'fosi" iborasini yozib yuborishgan. Bunga xitoy tilidagi "zhici" so'zi (nutq) va "cizhi" so'zlari (iste'fo) o'rtasidagi o'xshashlik sabab bo'lgan.
Ushbu xabar matni avval ikki muxyuir tomonidan, so'ng 2 muharrir tomonidan o'qib chiqilganiga qaramasdan, xato payqalmagan.
Bu xato xabar nashr qilinganidan keyin to'g'rilangan.
Bungacha esa, xabar Xitoydagi ko'plab boshqa nashrlarda ko'chirib bosilgan.
Shu tufayli Xitoy hukumati davlat amaldorlariga aloqador xabarlarni faqatgina "Sinxua" agentligidan olish kerakligi bo'yicha qaror chiqargan.