Avval
xabar berib o'tganimizdek, 4 mart kuni navbatdagi yangi o'zbek kinosi
"Oling quda, bering quda"ning prem'erasi bo'lib o'tishi rajalashtirilgan
edi. Biroq ayrim sabablarga ko'ra, mazkur prem'era 6 mart kuni bo'lib
o'tdi. Prem'era kutilganidan ham a'lo darajada uyushtirildi. Bir so'z
bilan aytganda Jahongir Ahmedovning ushbu kinosi "Yil filmi" laureatiga
loyiq deb topilsa ham arziydi! Film haqida batafsil to'xtalib o'tadigan
bo'lsak...
Filmda bosh rollarni Alisher Uzoqov hamda
Nigora Ismoilova ijro etishgan. Nigoraning filmdagi rolini judayam
qoyil-maqom tarzda o'ynagani filmning fayziga fayz qo'shgan. Taniqli
aktyor Murod Rajabov kino olamidagi ilk dramatik obrazini aynan "Oling
quda, bering quda"da ijro etgan. Eng qizig'i, Oybek uylanganligi haqida
sizga bergan xabarimiz ham mana shu kinoda o'z tasdig'ini topdi. Hullas,
filmda xalq dardi o'z maromida yoritilgan.