WhatsApp messenjeri bugun 26 yanvar kuni ishlamay qoldi, deb xabar beradi “TASS”.
Ma’lumotlarga ko‘ra,messenjerdagi nosozlik bir qancha mamlakatlardagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Xususan, messenjer AQSh, Hindiston, Malayziya va Kolumbiya kabi mamlakatlarda bugun ertalab soat 7:00 dan boshlab ishlamay qolgan. Bir soatdan keyin messenjer yana ishlay boshlagan. Tarmoqdagi uzilishlarning sabablari ma’lum emas.
Joriy yilning yanvar oyida WhatsApp messenjerining bepul bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar e’lon qilingan edi. Avval esa ijtimoiy tarmoqning ayrim foydalanuvchilaridan 0,99 dollar miqdorida abonent to‘lovi ushlab qolinar edi.