Venesuela prezidenti El Petro kriptovalyutasining dastlabki 100 millionini emissiya qilishga ruxsat berdi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro dastlabki 100 million El Petro milliy kriptovalyutasining emissiya qilinishi (chiqarilishi) haqida ma’lum qildi. Bu haqda VTV telekanaliga tayanib, “Kommersant.ru” xabar berdi.
“Men 100 million El Petro’ni emissiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdim… Har bir El Petro 1 barrel Venesuela neftining qiymatiga teng bo‘ladi”, — dedi Nikolas Maduro.
Venesuela kriptovalyutasini yaratish haqida mamlakat prezidenti 2017-yilning 4-dekabrida ma’lum qilgandi. Venesuela hukumati bu kabi chora-tadbirlar ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni yengib o‘tishda yordam berishiga umid qilmoqda. Ushbu tashabbus mamlakatda pul muomalasini barqarorlashtirish uchun 100 ming bolivar kupyurasi chiqarilganidan bir oy o‘tgach yuzaga kelgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Venesuelada 2017-yilning yanvaridan sentabr oyiga qadar inflaytsiya darajasi 536 foizni tashkil etgan.