1. Ezg‘ilangan bir bo‘lak sarimsoqpiyozni 2 osh qoshiq saryog‘ bilan aralashtiring. hosil bo‘lgan aralashmani oyoqdagi muammoli sohaga surtib, ustini sellofan bilan o‘rang. Bir soatdan so‘ng malhamni iliq suvda yuvib olasiz. Teri quruqlashib ketmasligi uchun bolalar kremidan surtishingiz mumkin.
2. 1 stakan o‘simlik yoki zaytun yog‘iga 50 gramm maydalangan yong‘oqni aralashtiring. Aralashma 7-8 kun davomida qorong‘u joyda saqlanishi lozim. Tayyor bo‘lgach, 50 daqiqa davomida bug‘li vannada qaynatib olasiz. Hosil bo‘lgan aralashmani dokadan o‘tkazib, alohida idishga suzib oling. Ushbu malhamni bir kunda 3-5 marta muammoli sohaga surtish mumkin.
3. 100 gramm qatiqqa 1-2 osh qoshiq quritilgan shuvoq o‘simligi aralashtiriladi. hosil bo‘lgan bo‘tqaga ozroq sariyog‘ ham qo‘shiladi. Ta’siri ortishi uchun aralashmani yarim soat muzlatgichda ushlang. So‘ng foydalanishingiz mumkin. Venalarning varikoz kengayishi yuzaga kelgan sohaga asta aralashmadan surtib, yengil uqalaysiz-da, yuzasini issiq sharf bilan o‘rab qo‘yasiz. Surtma tunda ishlatilgani ko‘proq foyda beradi.
4. Navbatdagi mazni tayyorlash uchun yangi uzilgan kalanxoe o‘simligining bargi kerak bo‘ladi. 3-4 ta o‘simlik bargini mayda to‘g‘rab, 1 osh qoshiq vazelin bilan bug‘li vannada aralashtiring. 5-7 daqiqadan so‘ng olovdan oling-da, sovuting. Maz bir sutka muzlatgichda turishi kerak. Shundan so‘ng varikoz kengayish hosil bo‘lgan sohalardagi og‘riqlarga qarshi qo‘llash mumkin bo‘ladi.