Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Valyuta kursini belgilashda Markaziy bank adashib ketdi...


Bugun, 23 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini ma’lum qildi.

Unda 1 AQSh dollari 17 so‘m 53 tiyinga oshib, 8069 so‘m 61 tiyinni tashkil etganini ma’lum qilgan. Biroq 16 oktabr kuni o‘rnatilgan kurs 8058 so‘m 77 tiyin qilib belgilangan edi. Oddiy arifmetika: 8058,77 + 17,53 = 8076,30 bo‘lishi zarur. Biroq kurs 8069,61 ni tashkil etmoqda.

Yevro kursida ham tushunarsiz holat yuz bergan bo‘lib, bugun yevro kursi 9496 so‘m 32 tiyinni tashkil etmoqda. O‘tgan haftada esa 1 yevro qiymati 9515 so‘m 80 tiyin etib belgilangan edi. 9515,80 + 45,59 = 9561,39 so‘m.

Biroq hech qancha vaqt o‘tmasdan Markaziy bank rasmiy saytida xatolik to‘g‘irlandi.

1 AQSh dollari 8069 so‘m 61 tiyin, 10,84 so‘m oshgan;
1 yevro 9496 so‘m 32 tiyin, 19,48 so‘mga pasaygan.

Ma’lumot uchun, Markaziy bank mazkur valyutalarni o‘rnatilgan qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7523 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Valyuta kursi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное