Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Uyqusizlikka qarshi choralar


Agar kechasi to‘yib, maza qilib uxlay olmagan bo‘lsak, ertasi kuni kayfiyatimiz yaxshi bo‘lmaydi. Aksincha, uyqu me’yorda bo‘lsa, aqliy hamda jismoniy faolligimiz oshadi. O‘zimizni tetik his qilamiz. Uyqusizlikni bartaraf etish uchun esa sizga quyidagi tavsiyalarni taqdim etamiz.

Kechga yaqin ko‘p ovqat yemaslikka harakat qiling. Agar qorningiz judayam och bo‘lsa, yotishdan 2 soat oldin yengil taom yeyish mumkin.

Uyquga yaqin vaqtda choy, kofe, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilmaslikka harakat qiling. Sut yoki shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan damlamadan ichgan ma’qul. Chunki bu ichimliklar asab tizimini tinchlantiradi va uyquga ketishga yordam beradi.

Uxlashdan avval turli xil faol, harakatchan, qo‘rqinchli kitoblarni o‘qish, filmlarni ko‘rish tavsiya etilmaydi. Uning o‘rniga o‘zingiz yoqtirgan hamda tinchlantiruvchi musiqa eshiting, qiziqarli kitoblarni mutolaa qiling.

Imkoniyat bo‘lsa, uyquga yotishdan avval toza havoda 10-15 daqiqa davomida sayr qiling.

Agar uxlatadigan dorilarni ichayotgan bo‘lsangiz, ularni kamaytirishga va bunday dorilarsiz uxlashga harakat qiling. Chunki bu dorilarga o‘rganib qolib, ularni ichmasangiz, uxlay olmasligingiz mumkin.

O‘zingizga qulay, toza o‘rinda, qorong‘u, tinch va havo aylanib turadigan xonada yoting.

Uxlashdan avval turli xil muammolar haqida o‘ylamaslikka harakat qiling.

Yaxshi ko‘rgan sho‘x musiqaga raqsga tushib, charchoq hissini paydo qilishingiz mumkin. Bu esa tezroq uyquga ketishingizga ko‘mak beradi.

Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 3783 | Рейтинг: 0| Рейтинг: uyqusizlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное