Devorga suyaning. Gardaningiz, kuraklaringiz, dumba va tovoningiz devorga tegsin. Yelkalaringiz biroz tushirilgan. Shu tarzda bir necha daqiqa turing va so‘ngra qomatingizni shu tarzda tutib, devordan uzoqlashing. Sekin-asta xuddi mana shunday tarzda yurishni o‘rganing. Bu umurtqa pog‘onasini qiyshayishidan va suyaklaringizga og‘irlik tushishidan asraydi.
Oyog‘ingizni bir-biriga qo‘yib o‘tirish odatidan voz keching. Bunday o‘tirish natijasida umurtqa pog‘onasining pastki qismiga og‘irlik tushadi, qon aylanishini buziladi. Natijada kichik tos va jinsiy a’zolar kasalligiga olib keladi.
Agar uzoq vaqt tik turib qolsangiz, har 10 daqiqada turish holatingizni o‘zgartirishni unutmang. Oyoqlaringizga galma-galdan tayaning.
Agar og‘irlik ko‘tarishingizga to‘g‘ri kelsa, uni ikki qo‘lingiz bilan ko‘taring. Shunda umurtqa pog‘onasiga ortiqcha og‘irlik tushib, qiyshaymaydi.
Beldagi og‘riq va kayfiyat bir-biriga bog‘liq. Kishining kayfiyati tushganda, qon tomirlarida tonus ko‘tarilib, qon aylanishi qiyinlashadi. Bu nafaqat belda, balki qo‘l yoki oyoqda ham og‘riqqa sabab bo‘lishi mumkin.