Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Merlin-Soundtreck
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Kuz ertagi-soundtreck
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Ummon” guruhi qiziqchilarning o`zlari haqidagi xazillariga munosabat bildirdi





“Ummon” guruhi “Darakchi” gazetasining “Uchrashuv” rukni mehmoni bo`ldi va ko`pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
 
— 2016 yildagi konsert dasturingizdan so`ng endi yangi klip suratga olyapsiz. Sababi... 

Jasur: — To`g`ri, sababi yakkaxon konsertdan keyin o`zingizga yaxshi ma`lum guruhimiz shaxsiy hayoti bilan band bo`lishdi. Shohrux uylandi. Shuning uchun yangi premeramiz shu kungacha qoldirilayotgan edi. 

Shohrux: — Bundan tashqari, bu gal ko`p sonli muxlislar bizdan kutayotgan sho`x va raqsinkor qo`shiq yaralishini kutdik. Chunki doim biroz mahzun qo`shiqlarga klip suratga olardik. Bugungi tasvirga olayotgan klipni esa tomoshabinlar mazza qilib raqsga tushib ko`rishlari mumkin. 

Zohid: — Haqiqatdan ham ijtimoiy tarmoqlardan “nega faqat ma`yus kliplar suratga olasizlar?” deb ko`p murojaatlar bo`lardi. Endi bunday savollarga o`rin qoldirmaymiz. Klipimiz juda pozitiv ruhda bo`ladi. U erda hatto o`zimizning ham raqsga tushganimizni ko`rishingiz mumkin. 

— Yuqorida shaxsiy hayotdagi yangiliklar, o`zgarishlar haqidagi gaplarni gapirib o`tdingiz. Shu o`rinda bir savol: ko`pincha yigit xonandalar oila qurishdan biroz cho`chib turadigandek tuyulishadi. Go`yo, oilali bo`lgandan keyin ularning muxlislari kamayib qoladigandek. Sizlar-chi? Har holda “Ummon” guruhiga ko`proq qizlar muxlislik qilishadi...

J.: — Tan olish kerak, cho`chish hammada bo`ladi. Tabiiyki, bizlarni ham bunday hayol chetlab o`tgani yo`q. Chunki o`zingiz aytganingizdek, muxlislarimizning aksariyatini qizlar tashkil etishadi. Va albatta, uylanish muxlislarning kamayishiga ta`sir etmasdan qolmaydi. Ammo ish bilan bo`lib oila, shaxsiy hayotni ham unutib qo`yish kerak emas. Muxlislarning munosabatiga kelsak, ular bizning ijodimizga shinavandalik qilishlarini istardik. 

Sh.: — Yashirin uylanib, keyin hammaga xuddi bo`ydoqdek ko`rinib yurish bizga to`g`ri kelmaydi. Bu juda noto`g`ri. Tinglovchilarmiz bizni borimizcha qabul qilishlarini istaymiz. 

Z.: — Hayotimizni yaxshi kunini barchaga e`lon qilib, yaqinlarimiz bilan birgalikda nishonlash kabi yoqimli narsani yashirish noto`g`ri. Ashaddiy muxlislarimiz bizning hayotimizdagi bunday yaxshi yangiliklardan xuddi o`zimizdek xursand bo`lishadi, deb o`ylayman. 

— Zohid, ikki do`stingiz ham uylandi. Tabiiyki, endi sizning galingiz...

Z.: — Hozir menga shunday savol berilsa kerak, deb o`ylab turgan edim (kuladi). Shohrux uylangandan keyin meni ko`rganlarning deyarli barchasi ushbu savol bilan murojaat eta boshlashdi. Nasib qilsa, keyingi yilga rejalarim bor.

— Gapingizdan kelin kim bo`lishi ham tayinga o`xshaydi?

Z.: — Yo`q-yo`q, gapimni noto`g`ri tushundingiz. Hozir biroz ijod qilib shaxsiy rejalarni keyingi yilga qoldirayotganimni aytdim xolos. Sevganim  yo`q. Alloh iboli hayoli, oilam deydigan yaxshi qizni uchrashtirishiga ishonaman.

— Demak, xayolan uning suratini chizib bo`lgansiz... 

Z.: — Albatta! Menimcha har bir inson o`zi orzusidagi yorini uchratishni istaydi. 

— Zohid, ayting-chi, do`stlaringiz oila qurgandan so`ng, o`zgarib qolishmadimi?

Z.: —  Tan olamizmi-yo`qmi, o`zgarish bor. Chunki, yangi hayot, yangi turmush tarzi baribir insonni o`zgartirmasdan qolmaydi.  Biroq, bu o`zgarishlar menga unchalik ham bilinmadi. 

Sh.: — Yarim kechasigacha o`tirishlar yo`qolgan. 

J.: — Ilgarilari,  soat nechchi bo`lishidan qat`i nazar ko`chada yuraverardik. Bugun oilaviy shirin tashvishlar e`tiborimizni tortadi. 

— Keling, unda ijodingiz haqida gaplashishni davom ettira qolsak. So`nggi konsert dasturingizda xonanda Shahzoda bilan kuylagan duetingiz tinglovchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Bu hamkorlik tarixi bilan bilmoqchi edik. 

J.: — Aslida, bu bir necha yil oldin amalga oshirilishi kerak bo`lgan rejalarimizdan edi... Ammo Shahzoda va guruhimizning vaqtni bir-biriga to`g`ri kelmagani uchun shu kungacha cho`zildi. Taklifga kelsak, ikki tomon bir vaqtda bu hamkorlik haqida o`ylaganmiz. Bu duetimiz muxlislarimizga yoqqanidan juda xursandmiz. 

— Navbatdagi savolim ko`pchilikni qiziqtirishi aniq: sizlarni moliyaviy kim qo`llab-quvvatlaydi? Shu kungacha rasman biror-bir prodyuser bilan ishlayapmiz, deb xabar bermagansizlar?

J.: — Ijod qilib, ijodimiz orqali topgan daromadlarimizni yig`ib-terib, har yili konsert berishga, yangiliklar bilan barchani xursand etishga harakat qilyapmiz. 

Sh.: — Hammasi rizq-nasibaga yarasha sekin-astalik bilan amalga oshyapti. 

— Nega prodyuserlar bilan ishlab ko`rishga harakat qilmaysizlar?

J.: — Erkin ijod qilgandan keyin ijodkor shunga o`rganib qolarkan. Biz ijodimizni boshlaganimizda yolg`iz edik, hech kimdan yordam so`ramay o`zimizga ishonishga o`rganganmiz. 

Z.: — Kimningdir reja va tartibiga ko`ra, shartnomada shunday yozilgani uchun majbur bo`lib ishlagandan ko`ra, ko`nglingiz istaganda ijod qilish maroqliroq. Ijod — buyurtmaga ko`ra amalga oshiriladigan mexanika emas, axir.

— Kliplaringizni kuzatadigan bo`lsak, aktyorlik vazifasini o`zingiz bajarasiz. Aytmoqchimanki, rol o`ynash borasida ham mahoratingiz yo`q emas. Kinoda o`zingizni sinab ko`rish haqida hech o`ylab ko`rmaganmisiz?

J.: — O`ylab ko`rganmiz hatto takliflar ham bo`lgan. Ammo menimcha hozircha buning vaqti emas. Kelajakda esa filmlarda chiqishimiz ham mumkin. Bunda birinchi navbatda albatta bizga ssenariy yoqishi va hayotdagi “Ummon”chilarga yaqin bo`lishi kerak. 

Sh.: — Men ham albatta kinoda rol o`ynashni juda istayman. Ayniqsa, Golivvudning jangari filmlardagidek kartinalarda ishtirok etsam, deyman. 

— Qiziqchilarning sizlar bilan bog`liq turli gap-so`zlariga qanday munosabat bildirasiz? Ular orasida biroz qaltis gaplar ham qulog`imizga chalinib turadi... Ulardan hech xafa bo`lgan paytlaringiz ham bo`lganmi?

Sh.: — Biz bunday hazil gaplarni hech qachon ko`nglimizga yaqin olmaganmiz. Birinchidan bu hazil gaplar, jiddiy emas, ikkinchidan ular sahnada biz haqimizda gapirishdan avval o`zimizni ogohlantirishadi. 

Z.: — Bundan tashqari har birimiz uchun akadek yaqin bo`lib qolgan insonlarning gap-so`zlaridan xafa bo`lishning o`zi noo`rin. 

— Bir-biringizdan “dam” oladigan paytlaringiz ham bo`ladimi?

J.: — Alohida oilaviy dam olishimiz mumkin, biroq bir-birimizdan “dam” olgimiz kelmagan. 

Sh.: — Juda to`g`ri gap. Bilasizmi, aksincha biz charchaganimizda, tushkunlikka tushganimizda, xafa bo`lganimizda bir-birimizga yaqin bo`lib qolamiz. Ko`proq suhbatda bo`lishga, qo`llab-quvvatlab, tushkunlikdan chiqarishga harakat qilamiz. Hayotda o`zaro iliq, samimiy munosabatlarimiz bizga kuch berib turadi.

— Do`stligingiz abadiy bo`lsin. 

P/S
Haqiqatdan ham bu guruh yigitlarining o`zaro munosabatlariga har bir inson havas qilsa arziydi. Chunki, bir-birini ko`z qarashlari orqali tushunib, hatto suhbatda ham qo`llab-quvvatlashi sezilib turadi. Yomg`irli kunda ko`chada yangi klipning tasvirga olish ishlari bilan band xonandalar savollarimizga tez-tez javob berdi-da, yana klipning  ishlariga sho`ng`ib ketishdi. Biz esa ularning noyabr oyida bo`lib o`tadigan yangi klip premerasiga omad tilib, tasvirga olish maydonchasini tark etdik.   

Blis:
— “Ummon” qachon xafa bo`lishi mumkin?
Sh.: — To`ylar kamayib ketsa (hazil)
Z.: — Ko`ngilni og`ritadigan yomon gap-so`zlarni eshitsak. 
J.: — Yaqinlarimizning xafa bo`lganini ko`rsak. 

— Reklamaning qaysi usulidan foydalanmagan bo`lardingiz?
Sh.: — Shaxsiy hayotimizni reklama qilmaymiz.

— Yigitlarning do`stligini nima  mustahkamlaydi?
J.: — Ishonch!
Z.: — Bir-birini qo`llab-quvvatlashi.



Muxlis savoli: 
— “Ummon” guruhining eng ashaddiy muxlislaridanman. Bu guruh tashkil etilgandan buyon ularning har bir qo`shiqlari ko`nglimdan chuqur joy olib keladi. Kliplarini ham mazza qilib tomosha qilaman. Ammo shu bilan birgalikda ularning o`ziga yarasha kamchiliklarini ham ko`ra bilaman. Ularga savolim: kliplaringizda bizning xalqimizga to`g`ri kelmaydigan, mentalitetimizda uchramaydigan voqealarni kuzatib qolamiz. Misol uchun “7 qavat” klipini olaylik. Juda ko`ngilni g`ash qiladigan voqea tanlagansizlar. Qon, pichoqlanganlar, odatda chet el filmilarida ko`radigan bosqinchilar... Bu klipning suratga olishdan maqsad nima edi?”
Fotima Hoshimova, Toshkent shahri

“Ummon” guruhi yigitlari: — Bu klipimiz Sanjar Matkarimov va Narimon Sultonxo`jaev bilan hamkorlikda suratga olingan. U erdagi voqealar salbiy bo`lsa ham ana shu orqali tomoshabinlarga tarbiyaviy xulosa bermoqchi edik. Biroq  tan olish kerak, “7 qavat” kutganimizdek natija bermadi. Haqiqatdan ham voqealari tomoshabinga tushunarsiz bo`lgan. Bundan keyin ana shu kamchiliklar ustida ishlashga harakat qilamiz. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6837 | Рейтинг: 2| Рейтинг: UmmoN Guruhi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное