Ueyn Runi rasman terma jamoadagi faoliyatini yakunladi
“Everton” futbol klubi hujumchisi Ueyn Runi Angliya terma jamoasidagi faoliyatini rasman yakunladi. Bu haqda futbolchi bugun, 23 avgust kuni o‘zining rasmiy sahifasida e’lon qildi.
“Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilish men uchun doim muhim hisoblangan. Lekin menimcha terma jamoadagi faoliyatimni yakunlash vaqti keldi.
Tan olaman, ushbu qarorni qabul qilish men uchun juda ham qiyin bo‘ldi. O‘tgan vaqt davomida termada menga yordam bergan insonlarga minnatdorchilik bildirib qolaman”, - deya xabar qoldirgan Runi.
Ma’lumot o‘rnida, Runi Angliya terma jamoasida 2003-yildan beri faoliyat olib borardi. Ueyn Runi 14 yil davomida Angliya terma jamoasi futbolchisi sifatida 119 uchrashuvda maydonga tushib, 53 ta gol urgan.
Mazkur ko‘rsatkich Angliya terma jamoasi futbolchilar orasida eng yaxshisi hisoblanadi.
Shuningdek, Runi Angliya termasining eng yosh futbolchisi sifatida gol urgan yagona vakili hisoblanadi. Hujumchi Yevro-2004 musobaqasida Makedoniya terma jamoasi darvozasini 17 yoshu 317 kunligida ishg‘ol qilgan.