Yoz boshlanishiga oz fursat qoldi, siz esa o‘zingiz orzu qilgan ko‘rkam tanaga ega bo‘la olmadingiz. Yigitlar o‘rtasida — trenajyor zaliga bormoqchi bo‘lsang, kuz va qish paytlarida borgin, kunlar isishi bilan yengil kiyimga o‘tganingda qomating chiroyli bo‘lib turadi, degan gap yuradi. Ammo kunlar isishni boshladi va sizda vaqt yo‘q. Xo‘sh, nima qilmoq kerak? Bunday vaziyatda oldingizda ikki yo‘l turadi: birinchisi, tushkunlikka tushib har doimgidek birorta fastfudga kirasiz va o‘zingizga kola buyurtirasiz, ikkinchisi esa, maslahatlarimizga amal qilasiz va uch hafta deganda qomatingiz ko‘rkamligiga erishasiz. Biz sizga bor yo‘g‘i yigirma kunda ulkan natijalarga erishish mumkin bo‘lgan sirlar haqida so‘z yuritamiz, shunday ekan, bir qop kartoshkaga o‘xshab yurishni yig‘ishtirib, so‘zimizga quloq osing. Sho‘ng‘ing!
Uch hafta olib boriladigan dastur davomida muskullarni mashq qildirish va kardiomashg‘ulotlar o‘tkazishingiz uchun sizga ancha-muncha ozuqa kerak bo‘ladi. Birinchi galda, mashg‘ulotlar ro‘yxatiga suzishni qo‘shing. Chunki u orqali barcha mushaklaringizga kuch jo‘natasiz. Tanangiz bor bo‘yi bo‘yicha harakatlanadi va bundan ham jismoniy, ham ruhiy quvvat olasiz. Doimiy ravishda yurakka e’tibor
O‘ta maksimum darajada qo‘llanadigan dasturimizda yuragimizga jiddiy e’tibor berish talab etiladi. Bu holatda bizga yugurish, velosiped yoki sayr ko‘makchi bo‘ladi. Aynan shu yo‘l bilan metabolizmni jadallashtiramiz va qisqa vaqt oralig‘ida ko‘zlagan maqsadimizga yetamiz. Kaloriya masalasi
Jismoniy mashqlar ko‘paygani sari, ishtahamiz ham ochila boradi. Ortiqcha yog‘lardan qutilish uchun, sarflaganga qaraganda kamroq kaloriya to‘plash kerak. Buning uchun oqsilli va uglevodli mahsulotlarni kamroq iste’mol qilish zarur. Oz-ozdan ovqatlanish
Bir kunda orasini uch soatli tanaffus qilib, oz-ozdan besh-olti marta ovqatlaning. Bu yana bir bor metabolizmni jadallashtiradi va qondagi qand miqdorini me’yoriy ko‘rinishga keltiradi. Ko‘proq suv iching
Bir kunda eng kamida 2 litr suv iching. Chunki chanqash bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi va sa’y-harakatlarni zoe ketkazishi mumkin. Press ustida ish olib boring
Har kunlik qilinadigan bunday mashqlar tezda o‘z samarasini beradi va sizni yanada ilhomlantiradi. Stretching
Har kungi besh daqiqali stretching qon aylanishini yaxshilaydi va muskullarni bir maromda go‘zallashtiradi. Dam olish
Ko‘proq uxlasangiz, shuncha yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lasiz. Yaxshi mashqlar, sifatli taom va yetarli uyqu — sizni atletlarday ko‘rinishingiz uchun yetarli bo‘ladi. Alkogoldan mutlaqo yuz o‘giring
Bir haftada ikki shisha pivo ichsangiz, tamom, barcha ishlar barbod bo‘ladi. Ishoning, bu bilan hech narsaga erisha olmaysiz. Ehtiyotlik bilan tiklanayotgan organizmingiz, birdan vayronagarlikka yuz tutadi. Shunday ekan, bunday odatni tashlang va sog‘lom turmush tarziga yuz buring. Ozroq qahva
Mashg‘ulotlardan oldin bir yoki ikki chashka qahva ichib oling. Kofein tanadagi yog‘larni eritib yuboradi va mushaklarda ko‘p miqdordagi glikogenning saqlanishiga sabab bo‘ladi. Rohatlaning
Uch haftalik muntazam olib borilgan mashg‘ulotlar, albatta, o‘z so‘zini aytadi. Agar siz barcha tartib-intizomga qat’iy amal qilgan bo‘lsangiz, unda o‘zingizni rohatlanishdan cheklamang. Ikki-uch kunga tabiat qo‘ynida dam olib keling.