Apple qurilmalarining ba’zi foydalanuvchilarida iOS 9.3 operatsion tizimiga imkoniyat ochildi, deb yozadi Meduza. U 21-martda chiqishi haqida Apple taqdimotida e’lon qilingan edi.
Eng asosiy yangilik — “tungi rejim”. Endi ekran shunday yoritiladiki, foydalanuvchi uyqudan oldin uzoq vaqt telefonda biror narsa o‘qiganidan so‘ng ham, uning uyquga ketishi osonroq bo‘ladi.
Shuningdek, “Qaydlar”, “Yangiliklar”, “Salomatlik” va Apple Music dasturlari yaxshilandi, hamda boshqa qo‘shimcha tuzatishlar kiritildi.
TJournal yozishicha, ba’zi foydalanuvchilar tizimni iOS 9.3’gacha yangilash iloji bo‘lmayotganidan shikoyat qilgan. Apple ID kiritilgach, smartfonlarida aktivatsiya serveri vaqtinchalik ishlamayotgani haqida xabar paydo bo‘lgan.