Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Totalizatorni qonuniylashtirish — ijtimoiy fitna!


Yaqinda totalizatorlarni qonuniylashtirish haqida tashabbus ilgari surilayotgani haqida ma’lumot tarqaldi. Agar bu sodir bo‘lsa, zaifhol jamiyatimiz jismiga yangi zahar singdirilgan bo‘ladi, deb yozmoqda Jamshid Muslimov.

Millat bir asrdan ortiq davom etgan kollonial istibdodi ostidan chiqishi bilanoq deyarli o‘ttiz yillik diktatura bosimiga duchor bo‘ldi. Bunday tutqunlikdan endigina chiqa boshlagan millatni mustaqil ong, sog‘lom tafakkur va ijodkor mehnatga kengroq jalb qilish o‘rniga kimdir uni yangi ijtimoiy fitnalarga duchor qilmoqchi bo‘layotgandek.

Yetilmagan ong egasi tez va mashaqqatisiz boyishni xohlaydi. Ommaviy ko‘ngil ochdi namoyishlar, uzluksiz reklama, hoyu-havas va hasad o‘chog‘iga tinmay o‘t qalaydi. Maoshlar oz va mansablarda o‘sish yo‘llari tor ko‘ringan vaqtda besabr inson qandaydir «mo‘’jizaviy yutuqni»ni qo‘msaydi. Kimdir qog‘oz lotoreya va ichimlik qopqoqlaridan omad kutsa, boshqa shaxs temir qurbaqa, irimlar va qabrlarga umid bog‘laydi. Orzu og‘ushi odamlarni «nigeriyalik bankir» bilan yozishmaga, «tarmoqli marketing» o‘rgimchak uyasiga va «ahmadboylar» piramidasiga eltadi.

Bukmekerlik va totalizatorlarda sport o‘yinlari natijasiga pul tikib, yutuq olish imkoniyati va’da qilinadi. Bu qimordan boshqa narsa emas. Bukmeker qimorbozlar o‘rtasida go‘yoki o‘rtakashlik qilayotgan vositachidek o‘zini ko‘rsatadi, aslida u o‘yinchini «azart» sirtmog‘iga tushirib, bechorani uzoq vaqt «sog‘ib» boradi.

Totalizator o‘yini ruhiy kasallikka oson aylanadi, uning nomi – ludomaniya. Inson o‘ynay boshlagach, xuddi narkotikka o‘rgangandek pul tikishlarga bog‘lanib, irodasidan mahrum bo‘ladi. Totalizator qurboni topgan pulini o‘yinlarda isrof qiladi, oilasini qurita boshlaydi, birovlardan qarz, bankdan kredit olib tubi ko‘rinmas jarlikka qulay boshlaydi...

Sport natijalarini oldindan bilish uchun «o‘yinchi» turli sport jamoalari faoliyatlarini kuzatishga qimmatli vaqtini sarflaydi, o‘zicha oldindan natijalarni topgandek ham bo‘ladi. Ammo ayrim hollarda yutgan puli avvalgi yutqazishlarni qoplamaydi. Yana o‘yinlarga tikilib yo‘q bo‘lib ketadi.

«Bukmekerlikni legallashtirish davlat byudjetiga katta soliq tushumini tushiradi» deyganga javobmiz: avvalo, qimor o‘yinida asosan ijtimoiy va ruhiy zaiflashib qolganlar hisobidan soliq yig‘ish ayni adolatsizlikdir. Ikkinchidan, bukmekker daromadining 99 foizi soliq qilib olingan taqdirda ham qimorbozlikning jamiyatga keltirgan qaqshatqich ziyonining bir foizini ham qoplay olmaydi! Qanchadan qancha oilalar baxtsiz bo‘lib bolalar tirik yetim qoladi, qanchadan qancha insonlar ijtimoiy foydali mehnatdan chalg‘iydi, yana qanchalari jinoyat ko‘chasiga kirib ketadi.

Davlat bukmekerlikni lobbizm qilayotganlarga keskin rad javobini berishi zarur. Buning o‘rniga odamlarni tadbirkorlik faoliyati, yangi bilim va ko‘nikmalarni ortirishga qaratilgan turli loyihalarni imkon boricha targ‘ib qilish, halol mehnat va ijodlari bilan katta yutuqqa erishgan vatandoshlarimizni ommaga olib chiqib, yoshlarga namuna sifatida ko‘rsatishga yanada ko‘proq e’tibor berilsa, jamiyat gullab yashnaydi. Davlatning asosiy maqsadi ham shu emasmi?



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1845 | Рейтинг: 0| Рейтинг: totalizator, ijtimoiy fitna, qonuniylashtirish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное