Xalq orasida “Toshturma” sifatida mashhur bo‘lgan 1-sonli tergov izolyatori mahbuslarini Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi yangi koloniyaga o‘tkazishmoqda, deb yozadi “Pravda Vostoka”.
Bugungi kunda “Toshturma”da bor-yo‘g‘i 20 nafar nazoratchi qolgan. Mahbuslar uchun oziq-ovqat va kiyim-kechak qabul qilish to‘xtatilgan. Qabul bir haftadan so‘ng, ko‘chish yakunlangach, qayta boshlanadi. So‘nggi paytlarda “Toshturma”da 2,5 ming kishi saqlangan. Zangiota tumanidagi yangi tergov izolyatori to‘qqizta blokdan iborat yulduzsimon majmuadir.
“Bu yerda sakkizta korpus bor, ippodrom yonida joylashgan izolyator orqali temir yo‘l o‘tgan. Bundan buyon tergov izolyatoridagi mahbuslarni respublikaning boshqa koloniyalariga yuborish imkoniyati paydo bo‘ladi”, — dedi “Toshturma” nazoratchilaridan biri.
Zangiota tumanidagi tergov izolyatori barcha xalqaro standartlarga javob beruvchi MDHdagi yagona izolyatorga aylanadi.