Toshkentda “Yandeks.Metro” mobil ilovasi ishga tushirildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” ma’lum qildi.
Mazkur ilova yordamida foydalanuvchilar shahar aholisi va sayyohlar metroning zarur yo‘nalishi, bekatlari, yo‘nalishdan boshqa yo‘nalishga o‘tish va qancha vaqtda manzilga yetib borish mumkinligidan xabardor bo‘lishi mumkin.
Foydalanuvchilar yaqin bekatdan mo‘ljallangan bekatni belgilashi kifoya qiladi — “Yandeks.Metro” yo‘nalish haqida, o‘tirish uchun qulay bo‘lgan vagon, shaharning qulay qismiga chiqish, yo‘nalishni o‘zgartirish uchun qulay bo‘lgan vagonigacha ko‘rsatib beradi.
Ilovada har bekatning ish jadvali va ularning xarita bo‘yicha joylashuvi ko‘rsatib o‘tilgan. Agar ta’mirlash yoki boshqa sabab tufayli bekat yopilsa, bu maxsus sxemada aks etadi.
Ayni vaqtda ilova Android va iOS operatsion tizimlarida mavjud. U hech qanday internetsiz ishlaydi. Foydalanuvchilar uni o‘zbek va rus tillarida ishlatishi mumkin.