23—26-yanvar kunlari Toshkentdagi Radisson SAS
mehmonxonasida 10-Turk kinosi haftaligi bo‘lib o‘tadi.
Turkiya elchixonasi Madaniyat va turizm ishlari
maslahatchisi Jihan Varlikning so‘zlariga ko‘ra, haftalik uchun mahalliy
tomoshabinning qiziqish va talablaridan kelib chiqib, chiptalar
sotish bo‘yicha rekord natija ko‘rsatgan "Vizontele Tuuba”, "Quyoshning o‘g‘li”
hamda tarixiy mavzudagi "Fetih 1453”
nomli film tanlab olindi.
Filmlar Radisson SAS mehmonxonasida o‘zbekcha subtitrlar
bilan turk tilida taqdim etiladi. Barcha seanslarga kirish bepul.