Toshkentda Qurilish: Chilonzor Oqtepa maydonining yangi ko‘rinishi
Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida yangicha qiyofa kasb etgan Chilonzor Oqtepa maydonining navbatdagi suratlari e’lon qilindi, deb yozadi “Daryo”.
Ma’lumot uchun, maydondagi avvalgi aylanma harakat bekor qilingan, maydonning ikki tomonida — Muqimiy va Lutfiy ko‘chalarida piyodalarning yer usti o‘tish yo‘llari qurilmoqda.
Ayni vaqtda, Muqimiy ko‘chasidan to‘g‘ri Nurafshon va Samarqand Darvoza, Nurafshon ko‘chasidan to‘g‘ri Muqimiy va Lutfiy ko‘chalariga olib chiquvchi yangi chorraha qurilgan.