Toshkentda Galaxy Ace Style LTE smartfoni 720 ming so‘mdan sotuvga chiqdi
O‘zbekistonda Samsung’ning eng arzon 4G-smartfoni — Galaxy Ace Style LTE sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Ushbu smartfon Galaxy Ace 4 modelining yangilangan versiyasidir.
Samsung Galaxy Ace Style LTE 4,3 dyuymli va 800×480 pikselli Super AMOLED-displey, 1 Gb tezkor va 4 Gb ichki xotira, 5 megapikselli asosiy va 1,3 megapikselli old kamera, 1900 mA/s sig‘imli akkumulyatorga ega.
Qurilma Android 4.4 operatsion tizimida ishlaydi.
Poytaxtning “Fleshka” savdo majmuasida yangi smartfonni oq yoki qora korpuslarda 720 ming so‘mga xarid qilish mumkin.