14 may kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani IIBBga poytaxtdagi “Samarqand darvoza” savdo majmuasiga portlash moslamasi o‘rnatilgani haqida xabar kelib tushdi.
Ishonchli manbalarimizning xabar berishicha, o‘sha ayol avvaliga 102 raqamiga telefon qilgan. Uning xabariga ko‘ra, savdo markazining 3-qavatida ikki hijobli ayol supermarketga portlash moslamasi o‘rnatilgani haqida gaplashayotganini eshitib qolgan.
Xabar kelib tushishi bilan IIV va Toshkent shahar IIBB xodimlari hamda Shayxontohur IIBBning tezkor guruhi, maxsus bo‘linmalar savdo markaziga yetib kelishdi. U yerdan tinch aholi va savdo markazi xodimlari darrov evakuatsiya qilinib, portlash moslamasini izlashga tushishgan.
Qidiruv ishlari yakuniga yetgach, hech qanday moslama o‘rnatilmagani aniqlandi. Noto‘g‘ri ma’lumot bergani uchun ushbu fuqaroga nisbatan O‘R Jinoyat kodeksining 277- moddasi, 1-bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.