Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkent metropoliteni “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tarkibiga kiritildi






Toshkent metropoliteni “O`zbekiston temir yo`llari” aksionerlik jamiyati tashkiliy tuzilmasidan joy oldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda. 

“O`zbekiston temir yo`llari"ning yangilangan tashkiliy tuzilmasida metropoliten boshlig`i AJ raisi o`rinbosari etib belgilangan. Avvalroq esa Toshkent metropoliteni poytaxt yo`lovchi transportlarini boshqaruvchi «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi tarkibiga kiritilgan edi.

Ayni paytda «O`zbekiston temir yo`llari» tomonidan Chilonzor yo`nalishining «Olmazor» bekatidan Sergeli tumaniga eltuvchi er usti metrosi qurilishi boshlab yuborilgan. Shuningdek, Yunusobod tarmog`i qurilishini yakuniga etkazish bo`yicha ham ishlar davom ettirilmoqda.

Sergeli tarmog`ining uzunligini 7,1 km bo`lib, oltita bekatga ega bo`ladi (qurilish to`rt yil davom etadi). Yunusobod tarmog`ida esa «Shahriston» bekatidan «Turkiston» stansiyasigacha bo`lgan 2,7 kilometrlik oraliqda yana bir bekat joylashadi (loyihaning qachon yakuniga etkazilishi hozircha ma`lum emas).

Toshkent metrosi 1977 yilda Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib ishga tushirilgan. Uning uzunligini 12,2 kilometrni tashkil etib, stansiyalar soni 9 ta edi (hozirgi Chilonzor tarmog`i). 2001 yil sentyabrda oltita bekatga ega uchinchi yo`nalish — 7,6 km uzunlikdagi Yunusobod yo`li foydalanishga topshirildi. Ayni paytda faoliyat ko`rsatib kelayotgan uch tarmoqning umumiy uzunligi 36,2 km bo`lib, ularda 29 bekat joy olgan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2978 | Рейтинг: 0| Рейтинг: metropoliten
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное