Uch kun davom etgan yomg`ir natijasida Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroportini suv bosdi, deb yozmoqda Sputnik.
Yuqoridagi suratdan ko`rinib turibdiki, aeroport binosi oldidagi hudud suv ostida qolgan, oyoqni namlamasdan jomadon tashiydigan aravachalarga etishning iloji yo`q.
Eslatib o`tamiz, sinoptiklar ushbu haftada O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi tomonidan sovuq havo massalari kelayotgani haqida ogohlantirishgan edi. Fevral boshida havo harorati isishi kutilmoqda.